Qog’oz konuslari va qog’oz silindrlar to’qimachilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning muhim qismidir. «GERMES TEKS» – O’zbekistonda qog’oz konuslarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar GOST standartlariga, shuningdek tehnik shartlarga mos keladi.

Albatta, har bir to’qimachilik kompaniyasining o’ziga xos noyob tehnik shartlari mavjud. Shuning uchun, bugungi kunda bizning mahsulotimiz assortimentida siz 5 ta modifikatsiyada taqdim etilgan 6 xil konus  modellarini topishingiz mumkin. Xususan, biz sizga quidagi  tipdagi qog’oz konuslarni taklif qilamiz:

– 1,51;

– 2.20;

– 4.20;

– 5.57;

– standart turdagi silinglar;

– va shuningdek – boshqa turli xiladgi qog’oz mahsulotlar (turli xajmdagi turbalar)ni  ishlab chiqarish imkoniyatlarimiz mavjud.

Boshqa ehtiyojlaringiz bormi?  Biz buyurtmachilarimizning nostandart buyurtmalarini bajarishga tayyormiz!

Tayyor yechimlarning keng doirasi, shuningdek yangi yechimlarni ishlab chiqishga tayyorligi har bir yangi mijoz bilan uzoq muddatli aloqalar o’rnatishimizga imkon beradi. Axir biz har doim sizning korxonangiz uchun mos bo’lgan maxsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga egamiz!

Biz qanday qilib qog’oz konuslarini yasaymiz?

Har xil burchakli  qog’oz konuslari turli xil o’rash imkoniyatlarini beradi – ham parallel, ham kesishgan. Bizning assortimentimizda har xil o’lchamdagi patronlar mavjudligi  sizga barcha turdagi to’qimachilik uskunalari uchun mos variant topishga imkon beradi. Shu jumladan – eng zamonaviy modellar uchun.

«GERMES TEKS» qog’oz konuslari yetakchi Evropa texnologiyalari va uskunalari asosida ishlab chiqariladi. Aynan shu tufayli biz buyurtmaning o’z vaqtida bajarilishini kafolatlay olamiz, hatto katta hajmlar, qat’iy muddatlar yoki murakkab vazifalar haqida gap ketganda.

Asosiy xom ashyo sifatida qog’oz va suv  bo’yoqlardan foydalanamiz. Ushbu turdagi bo’yoqlar ekologik toza va tayyor mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlaydi. Bu jihat juda muhim, chunki to’qimachilik korhonalarida harorat ko’pincha ancha yuqori bo’lgani uchun zararli  bo’yoqlardan havoga mayda zarrachalar tarqaladi va natijada ishchilarning sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin.

GERMES TEKS mahsulotlarining assortimentida siz nafaqat rangli yechimlarning turli xil variantlarini, balki baliq, yurakcha, geometrik shakllar va boshqa ko’rinishidagi har xil shablonlarga ega mahsulotlarni topshingiz mumkin.

Barcha mahsulotlarimiz ko’p bosqichli sifat nazoratidan o’tkaziladi. Bu sizga sotilgan mahsulotlarini  nuqsoni  yo’qligiga kafolat beradi. Biz hamma mahsulotlarimizni yuqori sifatda ishlab chiqarimiz, bizga to’liq ishonishingiz mumkin!

Biz haqimizda va taqdim etilgan mahsulotlar turlari haqida ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lmoqchimisiz? Bizga qo’ng’iroq qiling!

Biz sizni kutib qolamiz!